O‘ZBEKISTON VA BELARUS TA’LIM SOHASIDA HAMKORLIKNI KENGAYTIRADI
10.10.2025Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Belarus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Baxanovich bilan uchrashdi.


Suhbat chog‘ida tomonlar kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish, pedagoglar malakasini oshirish, IT texnologiyalari, energetika, qurilish va ekologiya yo‘nalishlarida hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi aloqalarni chuqurlashtirish hamda o‘zaro tajriba almashuvni davom ettirishga kelishib olindi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.