O‘ZBEKISTON VA FINLYANDIYA O‘RTASIDA DO‘STLIK VA HAMKORLIK ALOQALARI YANADA MUSTAHKAMLANMOQDA

01.11.2025

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdilar.

Muzokarada ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, ayniqsa siyosiy, iqtisodiy, investitsiyaviy, ta’lim va innovatsiya sohalarida aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda:

  • Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, 1 milliard yevrodan ortiq qiymatdagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishildi;
  • Savdoni moliyalashtirish qo‘shma jamg‘armasi tuzish va sertifikatlash laboratoriyalari ochish tashabbuslari ilgari surildi;
  • Energetika, geologiya, agrosanoat, raqamlashtirish, sun’iy intellekt, ekologiya va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish belgilandi;
  • Hududlararo hamkorlik, Ishbilarmonlar kengashi va Hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazish haqida kelishuvga erishildi;
  • Ta’lim, tibbiyot va mehnat migratsiyasi yo‘nalishlaridagi aloqalarni rivojlantirish, 2026-yilda Rektorlar va innovatsiyalar forumi o‘tkazish rejalashtirildi.

Shuningdek, tomonlar mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

https://president.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

nine − 3 =