Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron Qo‘shma bayonot qabul qildilar.

Prezidentlar huzurida, hamkorlikning boshqa yo‘nalishlari qatorida, ta’lim va madaniyat bo‘yicha qator ikki tomonlama hujjat imzolandi. Jumladan:
🔸 “Samarqand Fransuz Alyansi”ni tashkil etish va uning faoliyati to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
🔹 maktabgacha, maktab, professional va oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik bo‘yicha bayonnoma;
🔸 madaniy meros sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya;
🔹 professional va texnik ta’lim sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida kelishuv.




No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.