O‘ZBEKISTON VA ITALIYA MUTAXASSISLARI ISHTIROKIDA XALQARO SEMINAR BO‘LIB O‘TADI
21.01.2026Joriy yilning 2–3-fevral kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida O‘zbekiston va Italiya mutaxassislari ishtirokida xalqaro seminar bo‘lib o‘tadi.

Seminarda Italiya oliy ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, muhandislik kompaniyalari vakillari, xalqaro darajadagi mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etadi.
Qisqacha dastur
2-fevral
Mavzu: Yangi urbanizatsiya konsepsiyasi: urbanizatsiya, san’at va madaniyat, muhandislik va arxitektura, ekobarqarorlik. Italiya va O‘zbekiston tajribasi
Seminar doirasida:
🟣 Yangi urbanizatsiya yondashuvlari;
🟣 San’at va madaniyatning shahar rivojidagi o‘rni;
🟣 Ekologik barqaror arxitektura;
🟣 Universitetlar o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolash marosimi;
🟣 Davra suhbatlari va talabalar bilan ochiq muloqotlar o‘tkaziladi.
3-fevral
Mavzu: Inshootlarni seysmik himoyalash: Italiya va O‘zbekiston tajribasi
Kun tartibi:
🟣 Seysmik izolyatsiya texnologiyalari;
🟣 Zamonaviy muhandislik yechimlari;
🟣 3D bosma inshootlarda seysmik sinovlar;
🟣 Amaliy taqdimotlar va ekspertlar bilan savol-javoblar;
🟣 Xalqaro hamkorlik doirasida anglashuv memorandumi imzolash.
📍 Manzil: Samarqand shahri, SamDAQU yangi o‘quv binosi.
Qo’shimcha ma’lumot uchun: +998939960004
El. manzil: samdaqu@samdaqu.edu.uz
