O‘ZBEKISTON VA POLSHA O’RTASIDA “WOMEN IN STEM” TASHABBUSI MUHOKAMA QILINDI
13.06.2025Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Perspektywy Women in Tech jamgʻarmasi rahbari Bianka Sivińska bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida ilmiy va texnik sohalarda ayollar ishtirokini kengaytirish, ularning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim tashabbuslar muhokama qilindi.


Uchrashuv davomida O‘zbekistonda “Women in STEM” kabi loyihalarni keng joriy etish, oliy va kasbiy ta’lim muassasalarida ayollar uchun mentorlik dasturlarini tashkil qilish, shuningdek, tadqiqotchi ayollarni grant va stipendiyalar orqali qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar, shuningdek, 2026-yilda O‘zbekistonda O‘zbekiston va Polsha rektorlari ishtirokida III Forumni o‘tkazishga kelishib oldilar.
Ushbu tadbir ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik va tajriba almashuvini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.