O‘ZBEKISTON VA QOZOG‘ISTON YETAKCHILARI OLIY DAVLATLARARO KENGASHNING IKKINCHI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDILAR

15.11.2025

2025-yil 15-noyabr, Toshkentdagi «Ko’ksaroy» rezidensiyasida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida Oliy Davlataro Kengashning ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tomonlar hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini, ikki tomonlama salohiyatdan foydalanishni muhokama qildilar va strategik sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan qarorlar qabul qildilar. Maxsus e’tibor savdo, sanoat hamkorligi, transport-logistika infratuzilmasi, energetika, ekologiya va gumanitar sohalarga qaratildi.

Ta’kidlanganidek, yil boshidan beri tovar ayirboshlash hajmi 4 milliard dollarga yetgan va uni 2030-yilga kelib 10 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Biznes doiralari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlik mexanizmlari yaratildi, «O‘zKazTreyd” kompaniyasi tashkil etildi va 8 milliard dollardan ortiq hajmli Sanoat hamkorligi dasturi tayyorlandi.

Tomonlar shuningdek, ilmiy va ta’lim muassasalari orasidagi almashinuvlarni davom ettirish, madaniy va turizm tashabbuslarini rivojlantirish hamda yangi transport yoʻlaklari va «yashil» texnologiyalar boʻyicha birgalikda ishlashga kelishib oldilar.

Yigʻilish natijasida oʻzbek-qozogʻiston hamkorligini yanada chuqurlashtirishga qaratilgan bir qator muhim qarorlar qabul qilindi.