O‘ZBEKISTON VA TURKIYA HAMKORLIGI: OLIY TA’LIMDA YANGI IMKONIYATLAR

13.02.2025

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Turkiya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi. Olgan Bekarning Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan xayrlashuv suhbati shaklida oʻtgan mazkur muloqot davomida ikki davlat oʻrtasidagi oliy taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik natijalari muhokama qilindi.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Turkiya munosabatlari yangi bosqichga chiqib, bir qator muhim loyihalar amalga oshirildi. Turkiy davlatlar xalqaro universitetini tashkil etish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilinib, mazkur taʼlim maskani turkiy xalqlarning maʼnaviy va ilmiy rivojiga hissa qoʻshishi kutilyapti. Shuningdek, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzurida Yunus Emre madaniyat markazi filiali ochish borasida kelishuvga erishilib, Anglashuv memorandumi imzolandi.

Uchrashuv chogʻida oliy va professional taʼlim hamda ilm-fan sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi tashabbuslarni amalga oshirish hamda oʻzaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va ularni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan saʼy-harakatlar davom ettiriladi.

gov.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

8 + 11 =