O’ZBEKISTON VA XITOY MUHANDISLIK SOHASIDA TA’LIM VA KADRLAR TAYYORLASH YO’NALISHIDA HAMKORLIKNI KUCHAYTIRMOQDA

04.06.2025

2-iyun kuni Samarqandda “Ta’lim, fan va texnologiyalar sohasida innovatsion hamkorlik” forumi doirasida “Muhandislik sohasida ta’lim va kadrlar tayyorlashda hamkorlik” mavzusida xalqaro sessiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabboyev, Shensi viloyati ta’lim departamenti rahbari Van Shushen, shuningdek O‘zbekiston va Xitoyning oliy ta’lim va kasbiy-texnik ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda sanoat vakillaridan iborat 70 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Sessiya davomida muhandislik va texnik sohalarda innovatsion yondashuvlar, xalqaro ta’lim dasturlari, “universitet–korxona–sanoat” modeli asosida kadrlar tayyorlash, yashil energetika, raqamli muhandislik, xalqaro qurilish loyihalarida hamkorlik va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Muhokamalar natijasi o‘laroq O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim, fan va innovatsion hamkorlikni kengaytirish, muhandislik va texnologik yo‘nalishlarda xalqaro sifat talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash bo‘yicha uzoq muddatli amaliy choralar belgilanib, hamkorlik bitimlari imzolandi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

9 − 6 =