O’ZBEKISTON VA XITOY O’RTASIDA VIZA MASALASIGA OID UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

22.12.2024

O’zbekiston va Xitoyning Makao maxsus ma’muriy hududi o’rtasida o’zaro vizasiz tartib o’rnatish masalasi muhokama qilinmoqda.

Vakolatxonaning Immigratsiya ishlari bo’yicha rahbari Shu Vengan bilan konsullik–huquqiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlikka oid masalalar, Makaoning migratsiya qoidalari, shuningdek, joriy yil 3-dekabr kuni start berilgan «Xitoyda O’zbekiston turizm yili» doirasida ikki tomonlama sayyohlik almashinuvini rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, muzokaralar chog’ida, Makao maxsus ma’muriy hududining viza siyosati, tomonlar fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda O’zbekiston – Makao o’rtasidagi sohaga oid me’yoriy-huquqiy bazani kengaytirish masalalari ko’tarildi.

Makao tomoniga so’ngi yillarda dunyoning boshqa mamlakatlari bilan vizalarni liberallashtirish borasida O’zbekistonning erishgan ijobiy natijalar haqida atroflicha so’zlab berildi.

Makao tomoni ham O’zbekiston bilan barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, amaliy natijadorlikni oshirish, xususan, o’zaro fuqarolar almashinuvini kengaytirish va turizm sohasini izchil rivojlantirishdan birdek manfaatdor ekanligini qayd etdi.

Sohaga oid oldinda turgan masalalarni birgalikda hal etish borasida hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 − 5 =