O’ZBEKISTON VA YAPONIYA UNIVERSITETLARI O’RTASIDA B2B FORMATDAGI UCHRASHUVLAR OʻTKAZILDI

31.10.2025

Bugun, 31 oktyabrda O‘zbekiston-Yaponiya oliygohlari rektorlarining 5-chi forumi doirasida tashkil qilingan U-2-U uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Unda Yaponiyaning Sophia universiteti, Tsukuba universiteti va Nagoya texnologiya universiteti rektorlari bilan hamkorlikning yangi bosqichlari to‘g‘risida fikr almashildi.

Jumladan, Sophia universiteti rus tilini o‘qitish va shu yo‘nalishdagi talabalarni mobillik dasturi doirasida O‘zMUga qabul qilish masalalariga e’tibor qaratildi. Tsukuba universiteti rektori bilan IT texnologiya va robototexnika sohasida hamkorlik qilish masalasi muhokama etildi.

Shuningdek, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva hamda «Yapon filologiyasi» kafedrasi mudiri Nodira Xalmurzayeva Yaponiyaning Tskuba universiteti, Toyo universiteti, Yamagata universiteti, Sophia universiteti, Kyoto chet tillari universiteti vakillari uchrashib, oliy ta’lim muassasalari tomonidan talabalar almashinuvi va yapon tilini o’qtishda keng imkoniyatlar yaratish, hamkorlikda ilmiy va innovatsion loyihalar tashkil etish yuzasidan muzokaralar o’tkazdilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

nineteen − 2 =