O’ZBEKISTON VAKILLARI “XITOY – MARKAZIY OSIYO: ZAMONAVIY UNIVERSITET BOSHQARUVI” SIMPOZIUMIDA ISHTIROK ETMOQDA

02.12.2025

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti vakillari Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiyada.

2025-yil 2-5-dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Lanjou universitetida “The China–Central Asia Symposium on Modern University Governance” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur nufuzli ilmiy anjumanda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti vakillari ham ishtirok etib, zamonaviy oliy ta’lim boshqaruvi, innovatsion universitet modeli, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qilmoqdalar.

Konferensiyaning maqsadi – Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tajriba almashish, samarali boshqaruv mexanizmlarini o‘rganish hamda o‘zaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

Tadbir davomida universitetlar o‘rtasida qo‘shma tadqiqotlar, professor-o‘qituvchilar almashinuvi va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan yangi tashabbuslar muhokama qilinmoqda.