O’ZBEKISTON-XITOY HAMKORLIGIGA BAG’ISHLANGAN XALQARO FORUM BO’LIB O’TMOQDA

02.06.2025

1–2-iyun kunlari Samarqand shahrida Ikkinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi doirasida “Ta’lim, fan va texnologiya sohasida innovatsion hamkorlik” forumi o‘tkazilmoqda. Forumda O‘zbekiston va Xitoy davlat tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar va xususiy sektor vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Shensi viloyati gubernatori Chjao Gan ochib berdi.

Forum doirasida “Study in Uzbekistan” va “Study in China” ko‘rgazmalari, ikki tomonlama uchrashuvlar va bir qator hamkorlik shartnomalarini imzolash marosimlari o‘tkazildi. Xususan, yangi laboratoriyalar, markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha 10 ta bitim imzolandi, 5 loyihaga start berildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eighteen − 10 =