O‘ZBEKISTON–XITOY IKKINCHI TA’LIM FORUMI RASMAN OCHILDI

02.11.2025

Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston-Xitoy ikkinchi ta’lim forumi o‘z ishini tantanali ravishda boshladi. Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vaziri Huai Jin peng hamda Xitoyning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Wang Ji wei kirish so‘zlari bilan ishtirok etdilar.

Ochilish nutqlarida vazirlar ikki mamlakat o‘rtasida oliy ta’lim, fan, innovatsiyalar, kasbiy tayyorgarlik va xorijiy tillarni o‘qitish yo‘nalishlarida hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini alohida qayd etdilar.

Tadbir doirasida vazirlar huzurida ikki mamlakat universitetlari vakillari bilan oliy ta’lim, fan va innovatsiya yo‘nalishlarida qo‘shma loyiha hamda dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha imzolagan bitim va memorandumlarini o‘zaro almashdilar.

Ochilish marosimidan so‘ng forum o‘z ishini sho‘ba yig‘ilishlari bilan davom ettirmoqda. Unda ta’lim tizimini raqamlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish, o‘qituvchilar malakasini oshirish va talaba almashinuv dasturlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

six + 12 =