Ayni damda Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumi Xitoyning Tyanszin shahrida davom etmoqda. Tyankay oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar texnoparkining katta majlislar zalida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston-Xitoy Tyanszin oliy ta’lim sohasida hamkorlik forumida yurtimizning qator oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda Tyanszin shahrida faoliyat yuritayotgan universitetlar rektorlari va prorektorlari ishtirok etmoqda.


