O‘ZBEKISTON-XITOY: TARIXIY-MADANIY, ILMIY VA IQTISODIY ALOQALAR MAVZUSI MUHOKAMA QILINDI
08.11.20252025-yil 8-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “O‘zbekiston–Xitoy: tarixiy-madaniy, ilmiy va iqtisodiy aloqalar rivoji” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda “Xitoy – Markaziy Osiyo: davlatlararo almashinuv va hamkorlik bo‘yicha xalqaro forum” bo‘lib o‘tdi.
Tadbir YUNESKO hamda TDSHU huzuridagi Konfutsiy instituti hamkorligida tashkil etildi.




Forum davomida ishtirokchilar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tarixiy-madaniy aloqalarni, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini, shuningdek, ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalaridagi integratsion jarayonlarni muhokama qildilar. Shuningdek, O‘zbekiston qonunlarining xitoy tiliga tarjima qilingan kitobi taqdimoti ham o‘tkazildi.
Mazkur konferensiya O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik rishtalarini mustahkamlash, ilmiy va madaniy sohalarda qo‘shma loyihalarni rivojlantirish imkoniyatlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.


No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.