O’ZBEKISTONDAGI PROFESSIONAL MEDIA VAKILLARI UCHUN STAJIROVKA STIPENDIYASI

22.09.2022

Internews Qozog’iston tahririyatlarida amaliyot o’tash uchun media-stajirovka stipendiyalari tanlovini e’lon qiladi.

Stipendiyaning maqsadi — O’zbekiston OAV xodimlariga o’z malakalarini oshirish imkonini yaratishdir.

Amaliyot muddati — 2022-yil oktyabr 2023-yil mart oylari oralig’ida 3-4 hafta.

Kimlar stipendiya olishi mumkin — O’zbekistonda faoliyat olib boruvchi tahririyat xodimi yoki media-frilanserlar.

Amaliyot tili — rus tili.

Ariza topshirish muddati — 2022-yil 10-oktyabr.

Batafsil ma’lumot va ariza topshirish uchun: https://newreporter.org/uz/2022/09/21/ozbekistondagi-professional-media-vakillari-uchun-stazhirovka-stipendiyasi/