O’ZBEKISTONLIK MUTAXASSISLAR AR-RIYOD SHAHRIDA MALAKA OSHIRISHMOQDA

22.07.2024

Shu yilning yanvar oyida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti delegatsiyasining Ar-Riyodga bo’lgan tashrifi davomida Saudiya Arabistonining «Arabic for all» («Al-Arabiyyatu li al-jamii») tashkiloti bilan hamkorlik shartnomasi imzolangan edi.

Imzolangan memorandum doirasida universitetning arab tili mutaxassislari Ar-Riyod shahrida malaka oshirish kurslarini boshladilar.

Ushbu tashkilot dunyo bo’ylab arab tili o’qituvchilarini tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug’ullanuvchi nufuzi markaz hisoblanib, o’zbekistonlik arabshunoslar uchun ko’plab imkoniyatlarni taqdim etadi.