O’ZBEKISTONLIK PROFESSOR HINDISTONNING KARNATAK DAVLAT UNIVERSITETI VEBINARIDA MA’RUZA QILISHI KUTILMOQDA

13.09.2024

Xalqaro Hindi tili kuni munosabati bilan Hindistonning Karnatak davlat universitetida Xalqaro onlayn vebinar bo’lib o’tadi.

Vebinar 2024-yil 14-sentabr kunida o’tishi rejalashtirilgan bo’lib, unda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori, filologiya fanlari doktori Ulfathon Muhibova “Hindi tilining xorijiy til sifatida jahon miqyosidagi o‘rni” mavzusidagi ma’ruza bilan ishtirok etashi kutilmoqda.