O’ZBEKISTONLIK PROFESSOR-O’QITUVCHILAR KADIS UNIVERSITETIDA

22.05.2025

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari 2025-yil 20–21-may kunlari Ispaniyaning Kadis universiteti Xeres kampusida o‘tkazilayotgan STAF WEEK haftaligida faol ishtirok etmoqda.

Tashrif doirasida professor-o‘qituvchilar ishtirokida turli seminar va treninglar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Dastur xalqaro hamkorlik, ta’lim metodikasi, o‘quv jarayoniga innovatsion yondashuvlar hamda madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qaratildi.

Haftalik doirasidagi eng yorqin tadbirlardan biri sifatida Xeres shahrining markaziy maydonida o‘tkazilgan “Flamenko festivali” alohida e’tiborga loyiq bo‘ldi. Festivalda ishtirok etgan xorijiy professor-o‘qituvchilar, jumladan O‘zDJTU vakillari, mahalliy ommaviy axborot vositalari – Canal Sur va Diario Xerez jurnalistlari tomonidan yoritildi.

Mazkur hamkorlik O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-pedagogik aloqalarni mustahkamlash, o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi hamda bilim doirasini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 − 2 =