O‘ZBEKISTONLIK TALABALAR HINDISTON UNIVERSITETIDA MALAKA OSHIRMOQDA
20.03.2025O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Hindiston Banasthali universiteti o‘rtasida imzolangan shartnoma asosida, madaniy almashinuv dasturi doirasida Tarjimonlik fakultetining 6 nafar iqtidorli talabalari Hindistonning Banastali Vidyapith universitetida malaka oshirmoqdalar.


O‘zbekistonning Delidagi elchixonasi xodimlari va press-attache Sadriddin Suyarov hamda savdo-iqtisodiy bo’limi xodimi Xurshidbek Samiyevlar Banastali universitetiga o’zbekistonlik talabalardan xabar olish maqsadida tashrif buyurishdi.
Banastali universiteti professori M.Ranjan ma’sulligida universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil qilinib, Sun’iy intellekt markazi o’quv xonalari, laboratoriyalar va Tillar fakulteti o’quv xonalari bilan tanishtirildi hamda uchuvchilar tayyorlaydigan fakultet aerodromiga ham tashrif buyurildi.


No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.