O‘ZBEKISTONLIK TALABALAR VENGRIYADA O‘QISH IMKONIYATIGA EGA BO‘LDILAR
20.08.2025Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Vengriya Hukumati stipendiyalari (“Stipendium Hungaricum”) dasturi doirasida 2025/2026-o‘quv yilida Vengriya oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish huquqini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Vengriyaning O‘zbekistondagi elchisi Yojef Roja, tanlov komissiyasi vakillari hamda stipendiya sohiblari qatnashdilar.


Uchrashuv davomida mamlakatimiz uchun xorijda malakali mutaxassislar tayyorlashning dolzarb vazifalari yoritildi, chet elda ta’lim olish jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan muammolar yuzasidan talabalar uchun foydali tavsiyalar berildi. Shuningdek, stipendiatlar bir-birlari bilan yaqinroq tanishish, ochiq muloqot qilish va hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.





No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.