O‘ZBEKISTONLIK TALABALAR YAPONIYADA KERAMIKA SAN’ATINI O‘RGANDILAR

10.07.2025

2025-yilning yoz oylarida Yaponiyaning Hokkaido prefekturasiga qarashli Higashikawa shahrida joylashgan “Risōmu Kōbō” keramika ustaxonasida o‘zbekistonlik talabalar ishtirokida 陶芸教室 (keramika san’ati darslari) tashkil etildi.

Mazkur madaniy-amaliy mashg‘ulotlar davomida talabalar yapon an’anaviy san’atining muhim yo‘nalishlaridan biri — sopol idishlar yasash jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Darslar tajribali yapon ustalari Takimoto Norihiro va Noriko tomonidan olib borildi.

Mashg‘ulotlarda talabalar loyga shakl berish usullari, sopol buyumlarni rangli sirlar bilan bezash texnikalari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 − one =