O‘ZBEKISTONLIK TILSHUNOS OLIMA GERMANIYADA MALAKA OSHIRMOQDA

11.06.2025

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, filologiya fanlari doktori Dilrabo Baxronova Germaniyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri – Johannes Gutenberg nomidagi Mainz universitetida (Johannes Gutenberg-Universität Mainz, JGU) malaka oshirmoqda.

Professor Dilrabo Baxronova JGUning Turkologiya va Roman tillari kafedralari faoliyati, o‘quv jarayoni hamda ilmiy-tadqiqot tajribasi bilan yaqindan tanishmoqda. U, shuningdek, O‘zDJTUda xorijiy mutaxassislar uchun yaratilgan sharoitlar, talabalar uchun yozgi va qishki ta’lim dasturlari haqida Mainz universiteti (JGU) professor-o‘qituvchilari hamda magistrlari bilan fikr almashdi.

Professor Dilrabo Baxronovaning qayd etishicha, mazkur universitetda faoliyat yuritayotgan mahalliy olimlarning tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari bo‘yicha olib borayotgan tadqiqotlari, jumladan, o‘zbek tilida erkin muloqot qila olish darajasi katta taassurot uyg‘otgan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four × 1 =