O’ZDJTU DELEGATSIYASI INSUBRIYA UNIVERSITETIDA

22.05.2025

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Italiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri – Insubriya universitetiga tashrif buyurdi.

Universitet rahbariyati delegatsiyani iliq kutib olib, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish yuzasidan muhim uchrashuv tashkil etdi. Uchrashuv davomida har ikki tomon o‘z ta’lim muassasalari faoliyati, ustuvor yo‘nalishlari va xalqaro aloqalari bo‘yicha taqdimotlar namoyish etdi.

Uchrashuv davomida quyidagi kelishuvlarga erishildi:
– Insubriya universiteti arab tili va ekologiya yo‘nalishlari bo‘yicha har biri bo‘yicha bittadan O‘zDJTU o‘qituvchisi uchun 1 oylik seminar tashkil etish uchun grant ajratishni taklif qildi;
– Erasmus+ loyihalari doirasida hamkorlikda ishtirok etish, qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish;
– Talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va akademik mobilitetni rivojlantirish;
– Insubriya universitetining magistratura bosqichi talabalari uchun O‘zDJTUda malakaviy amaliyot tashkil etish bo‘yicha rejalar ishlab chiqildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 + 6 =