O’ZDJTU DUNIYONING TOP UNIVERSITETLARI REYTINGIDA
22.03.2025O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti HE Higher Education Ranking Xalqaro reytingida ilk bor ishtirok etdi va katta yutuqlarga erishib, quyidagi natijalarni qayd qildi:
– Dunyo universitetlari orasida 83-o‘rin;
– O‘zbekistondagi 30 ta universitet ichida 7-o‘rin.
Ushbu natija universitetning ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlari va xalqaro hamkorligi yuqori koʻrsatkichda ekanligini ko‘rsatadi. OʻzDJTU global ta’lim maydonida o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etib, O‘zbekistondagi yetakchi til va gumanitar yo‘nalishdagi universitetlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Ma’lumot uchun: HE Higher Education Ranking – bu har yili Oliy ta’lim sifati va baholash kengashi (HEQAC) tomonidan e’lon qilinadigan oliy o’quv yurtlari reytingidir. Reyting dunyoning 1000 ta eng yaxshi universitetini 25 ta umumiy mezon va 177 ta asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholaydi.
HE Higher Education Ranking’ning asosiy jihatlari:
Baholash mezonlari: Akademik obro‘, ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlar, xalqaro hamkorlik, ijtimoiy ta’sir va boshqa ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.