Quacquarelli Symonds Xalqaro reyting agentligi tomonidan “QS World University by Subject Rankings 2025” natijalari e’lon qilindi. Ushbu reytingga ko‘ra, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) xalqaro akademik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilib, ilk bor «QS World University by Subject Rankings 2025» reytingiga kiritildi.

Universitet o‘zining asosiy yo‘nalishi bo‘lmish «Linguistics» bo‘yicha dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalari orasidan joy egallab, 251-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Batafsil ma’lumot uchun havola.
O‘zbekistondan yagona universitet!
Bu yutuq O‘zDJTUning xalqaro standartlarga mos ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy izlanishlarni rivojlantirish va akademik hamkorlikni kengaytirish borasidagi izchil sa’y-harakatlarining natijasidir. Ayniqsa, «Linguistics» yo‘nalishida O‘zbekistondan mazkur reytingga kirgan yagona oliygoh bo‘lishi universitetning xalqaro miqyosdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, QS reytingi:
– akademik obro‘ (academic reputation);
– ish beruvchilar bahosi (employer reputation);
– ilmiy maqolalar (research output);
– xalqaro tadqiqot hamkorliklari (international research collaborations) kabi muhim mezonlar asosida tuziladi.
O‘zDJTU bu mezonlar bo‘yicha yuqori natijalarga erishib, xalqaro ilmiy maydonda o‘z salohiyatini yana bir bor isbotladi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.