O‘ZDJTU ROSSIYANING YETAKCHI OLIY TA’LIM VA ILMIY MUASSASALARI BILAN ALOQALARNI MUSTAHKAMLAMOQDA
03.07.2025Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Jahon adabiyoti kafedrasi mudiri, professor Gulnoz Hallieva shu kunlarda Moskva shahrida xizmat safarini amalga oshirmoqda.

Safar davomida Rossiya Fanlar akademiyasiga qarashli “Jahon adabiyoti” instituti bilan akademik hamkorlik o‘rnatildi.
Shuningdek, OʻzDJTU vakili Anton Chexov ijodiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda ishtirok etib, mazkur institut tadqiqotchilariga “Komparativistika” fanidan ma’ruza o‘qidi.


Dastur davomida 1–2-iyul kunlari Moskva davlat universitetining “Markaziy Osiyo xalqlari” kafedrasi bilan hamkorlikda Rossiya – O‘zbekiston xalqaro qo‘shma tanlovi uchun mavzu tanlanib, birgalikda tanlovda ishtirok etishga kelishildi.
Bundan tashqari, MDU turkolog professorlari bilan talabalar uchun onlayn dars mashg‘ulotlari asosida ta’lim tizimimizga investitsiya kiritish masalasi muhokama qilindi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.