O’zDJTU VA TOYO UNIVERSITETI O’RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

10.08.2022

2022-yil 9-avgust kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori U.Azizovning Yaponiya Toyo universiteti vakillari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ikki universitetning akademik hamkorligi, talabalar va o’qituvchilar o’rtasida akademik almashinuvlarni yo’lga qo’yish, kelajakda qo’shma ta’lim dasturlarini ochish borasida fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toyo universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.