O‘ZDJTU VA XITOY DELEGATSIYASI O‘RTASIDA HAMKORLIK YO‘NALISHLARI MUHOKAMA QILINDI
15.05.202515-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Xitoy Xalq Respublikasining Sanya xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktabi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda maktab raisi Helen Ma, Kengash raisi Alice Liu, direktor Mark Xing, registrator ofisi direktori Ashley Lei, xalqaro bo‘lim vakillari Ying Chenwei va Liu Tian ishtirok etdilar.
Rektor Ilxomjon Tuxtasinov mehmonlarga universitet faoliyati, xalqaro aloqalari hamda xitoy tilini o‘qitish bo‘yicha yaratilgan tizim haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi.
Tashrif doirasida mehmonlarga O‘zDJTU haqida tayyorlangan videorolikka namoyish etildi. Shuningdek, universitetga qabul jarayoni, talablar va o‘qish shartlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zDJTU talabalari uchun Xitoyda amaliyot tashkil etish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, hamda maktab o‘quvchilari uchun qishki va yozgi dasturlarni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilib, tegishli kelishuvlarga erishdilar.
Shuningdek, rektor Ilxomjon Tuxtasinov hamkorlikni Anglashuv memorandumi asosida boshlash, kelgusida esa yo‘nalishlar bo‘yicha alohida shartnomalar imzolash taklifini bildirdi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.