O‘zDJTU YOSHLARI PERUJIYADAGI XORIJIY TALABALAR UNIVERSITETIDA AMALIYOT O’TASHDI

05.10.2023

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetining Italyan tili bo’limi talabalari Italiya tashqi ishlar vazirligi tomonidan xorijiy talabalarga ajratilgan grant doirasida Perujiya chet ellik talabalar universitetda amaliyot o’tashdi.

O’qish davomida talabalar italyan tili bo’yicha bilimlarini kengaytirdilar, qolaversa, turizm va mehmondo’stlikka bag’ishlangan kurslarda qatnashdilar. Kurs yakunida yurtdoshlarimiz CELI 4 (C1) xalqaro til sertifikatiga ega bo’lishdi.