O’zDJTUDA ISPAN TILI BAYRAMI NISHONLANDI

14.10.2019

«Til bayrami» tantanali tadbiri universitetimiz hayotining ajralmas qismidir, chunki bunday tadbirlarda xorijiy xalq madaniyatining barcha boyliklari namoyon bo’ladi, ayniqsa, «Ispan tili bayrami»da madaniyatning rang-barang ifodasi va tilning barcha jozibasi oshkor bo’ladi. Kuni kecha, 12-oktabr kuni O’zDJTUning roman-german filologiyasi fakulteti tomonidan Ispaniya kuni nishonlandi.

Unda madridlik o’qituvchi Alvaro Markos hamda ispan filologiyasi talabalari ishtirokida tuzilgan dastur taqdim etildi.

Tadbir doirasida fakultet professor o`qituvchilari va talabalari tomonidan sahna ko`rinishlari va talabalar uchun qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.