O’zDJTUDA NEMIS TILI KABINETINING OCHILISH MAROSIMI BO’LIB O’TDI

19.03.2021

2021-yil 18-mart kuni O’zDJTU huzuridagi Chet tillarini o’qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi va O’zbekistondagi Gyote instituti vakillarining uchrashuvi bo’lib o’tdi.

O’zaro hamkorlik doirasida nemis tili kabinetini jihozlashga uslubiy yordam sifatida o’quv-uslubiy adabiyotlar, shuningdek, texnik uskunalar — Smart Digital Board taqdim etildi.

Muzokaralar chog’ida tomonlar mavjud loyihalar bo’yicha keyingi qo’shma tadbirlar, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.