“O’ZGA TILLI GURUHLARDA O’ZBEK TILI” BAKALAVRIAT TA’LIM YO’NALISHIGA QABUL JARAYONLARI BOSHLANDI

01.06.2020

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti O’zbek tili fakultetida 2020-2021-o’quv yili  uchun «O’zga tilli guruhlarda o’zbek tili» («Uzbek as a foreign language») bakalavriat ta’lim yo’nalishiga xorijiy abituriyentlarni qabul qilish boshlandi.

Qabul jarayonlari onlayn  suhbat asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, xorijlik talabalar uchun universitet TTJsidan joy beriladi.

Qabul 20-maydan 20-avgustga qadar davom etadi.