O‘ZJOKUGA POKISTON ELCHISI TASHRIF BUYURDI

02.05.2025

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ahmad Faruq tashrif buyurdi.

Elchi universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja tomonidan iliq kutib olindi. Uchrashuv davomida Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharifning O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi yakunlari va erishilgan kelishuvlar muhokama qilindi. Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashi tuzilayotgani, ta’lim, yoshlar siyosati, ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar bo‘yicha muhim hujjatlar imzolangani ta’kidlandi.

Shuningdek, media sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi. Janob elchi O‘zbekiston OAV vakillari va blogerlarining Pokistonga tashrifini tashkil etish taklifini bildirdi. Ular Pokistonning madaniyati, tarixi va bugungi hayotini yoritadigan media materiallar tayyorlashi rejalashtirilmoqda.

Mazkur tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va axborot almashinuvini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

11 − seven =