Oʻzbekiston-Tojikiston rektorlarining birinchi forumiga yurtimizdan tashrif buyurgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Millat yetakchisi muzeyi hamda Millat yetakchisi ilmiy-tadqiqot institutida bo‘ldi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan forumning amaliy boshlanishi sifatida toʻldirilgan reallik texnologiyasi asosida ishlaydigan AR-gid sovgʻa qilindi. Millat yetakchisi muzeyida mazkur doʻstona tuhfa taqdimoti oʻtkazildi.
Shuningdek, muzeylarning virtual versiyasini ishlab chiqish taklif etilib, Samarqanddagi Sadriddin Ayniy muzeyi misolida namoyish etildi.





