OʻZBEKISTON VA TURKIYA OʻRTASIDA OLIY TAʼLIM SOHASIDAGI HAMKORLIK YANADA MUSTAHKAMLANMOQDA
29.01.2026Anqara shahrida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Turkiya Respublikasi Oliy taʼlim kengashi raisi Erol Oʻzvar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida Turkiy davlatlar xalqaro universitetini tashkil etish loyihasining amaliy jihatlari, professor-oʻqituvchilarni jalb etish va elektron taʼlim resurslaridan foydalanish masalalarida Turkiya tomonining koʻmagi muhim ekani qayd etildi.
Bundan tashqari, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzurida Yunus Emre instituti madaniyat markazi filialini ochish tashabbusi muhokama qilinib, uning madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlashdagi oʻrni alohida taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar oliy taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, qoʻshma loyihalarni samarali amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

