PARIJDAGI QO‘SHMA KONFERENSIYADA OLIYGOHLARARO 26 TA HAMKORLIK HUJJATLARI IMZOLANDI

11.03.2025

10-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida Parij shahrida “Ilm-fan va ta’lim: O‘zbekiston – Fransiya ko‘prigi” mavzusida qo‘shma konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya doirasida ikki tomon oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 26 ta shartnoma, bitim, “Yo‘l xaritasi, xalqaro loyiha va kelishuvlar imzolandi. Ular qo‘shma ta’lim dasturlari, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, talabalar almashinuvi va ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan.

Ikki tomonlama imzolangan hujjatlar ro‘yxati:

*Andijon davlat chet tillari instituti va Puate universiteti o‘rtasida akademik mobillik to‘g‘risidagi Bitim;

*Andijon davlat chet tillari instituti va Frankofoniya universiteti o‘rtasida akademik mobillik to‘g‘risidagi Bitim;

*Buxoro davlat universiteti va Fransiya raqamli universiteti (FUN – France Universite Numerique) o‘rtasida raqamli ta’lim platformasidan foydalanish to‘g‘risida Bitim;

*“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va Fransiyaning “SUEZ International” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim;

*O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Parij XIII Shimoliy Sorbonna Universiteti o‘rtasida akademik mobillik to‘g‘risidagi Bitim;

*O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Puate universiteti o‘rtasida akademik mobillik to‘g‘risidagi Bitim;

*Farg‘ona davlat universiteti va Sorbonne Universiteti o‘rtasida akademik mobillik hamda madaniyat va til markazini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim;

*Namangan davlat chet tillari instituti va Frankofoniya universitetlar assotsiatsiyasi o‘rtasida akademik va ilmiy hamkorlik bo‘yicha Bitim;

*Namangan davlat chet tillari instituti va VATEL HOSPITALITY MANAGEMENT SCHOOL oliygohi o‘rtasida akademik va ilmiy hamkorlik bo‘yicha Bitim;

*Samarqand davlat universiteti bilan Bordo-Monteng Universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi to‘g‘risidagi Bitim;

*“UNIFROUZ / O‘zbekiston-Fransiya universiteti” konsorsium universitetlari (Toshkent davlat texnika, O‘zbekiston Milliy, Toshkent davlat transport va O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetlari (O‘zbekiston) hamda Puate, Lyumera, Lion va Gavra Normandiya universitetlari (Fransiya) o‘rtasida hamkorlikda Yevropa Ittifoqiga Erasmus+Action cle 1 MIC xalqaro Loyihasi;

*Toshkent davlat texnika universiteti bilan UzAssystem kompaniyasi o‘rtasida dasturiy ta’minot taqdim etish bo‘yicha Shartnoma;

*Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Monpiler 3 universiteti o‘rtasida akademik mobillik to‘g‘risidagi Bitim;

*Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan Lion La Martiner-Didro litseyi o‘rtasida akademik mobillik to‘g‘risidagi Bitim;

*Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan Lion to‘qimachilik va kimyo instituti (ITECH) o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish va akademik mobillik to‘g‘risidagi Bitim;

*O‘zbekiston -Fransiya konsorsium universitetlari o‘rtasidagi Bitim;

*O‘zbekiston milliy universiteti bilan Parij XIII Shimoliy Sorbonna Universiteti o‘rtasida akademik mobillik to‘g‘risidagi Bitim;

*O‘zbekiston milliy universiteti bilan ASIE xalqaro birdamlik va ta’lim assotsiatsiyasi o‘rtasida akademik mobillik to‘g‘risidagi Bitim;

*Toshkent davlat transport universiteti bilan Puate universiteti (UP), Lion 2 universiteti (ULL2), Le Gavr Normandiya universiteti (ULHN) va Renn universiteti (UR) o‘rtasida UNIFROUZ / “O‘zbekiston-Fransiya universiteti” konsorsium Loyihasi;

*Toshkent davlat transport universiteti bilan Ko‘priklar va yo‘llar oliy maktabi o‘rtasida “Tezyurar transport uchun ko‘priklar va yo‘llar” PISHni tashkil etish to‘g‘risida Kelishuv;

*Toshkent davlat transport universiteti bilan Dassault Systemes kompaniyasi o‘rtasida Muhandislik sohasidagi ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalariga xalqaro sertifikat berish huquqini universitetning yetarlilik markaziga topshirishga oid Kelishuv;

*Toshkent davlat transport universiteti bilan Fransiyaning Fuqarolik Aviatsiyasi Milliy Maktabi (ENAC) o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi bo‘yicha professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvini tashkillashtirish va kelishib olish to‘g‘risida Shartnoma;

*Toshkent davlat transport universiteti bilan Renn universiteti (UR) o‘rtasida Aqlli logistika va transport infratuzilmasi yo‘nalishida qo‘shma laboratoriya tashkil etish to‘g‘risida Shartnoma;

*Toshkent davlat transport universiteti bilan Airbus kompaniyasi o‘rtasida universitet talabalari va professor-o‘qituvchilar uchun stajirovka va malaka oshirish imkoniyatlarini yaratish, shuningdek, aviatsiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarda hamkorlik olib borish to‘g‘risida Shartnoma;

*Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan ENSSAT muhandislik instituti o‘rtasida 2025–2026-yillar uchun mo‘ljallangan “Yo‘l xarita”;

*Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan Parij-Saklay universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha Shartnoma.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two + nine =