“PEARSON EDUCATION LIMITED” PEDAGOG VA RAHBAR KADRLAR UCHUN MALAKA OSHIRISH KURSLARINI TASHKIL ETDI
19.11.2025“Pearson Education Limited” kompaniyasining xalqaro ekspertlari — Saymon Toplis, Neil Uotkins, Saymon Guldon va Jois Xarvi tomonidan 14 ta texnikumlarning xalqaro ta’lim dasturlarini o‘qitishga jalb etilgan 180 nafar pedagog va rahbar kadrlar uchun malaka oshirish kurslari olib borilmoqda.


Kurslar davomida tinglovchilarda o‘quv jarayonini xalqaro standartlar asosida tashkil etish, ta’lim sifatini ta’minlash, o‘quvchilar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini monitoring va tahlil qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantiriladi. Dastur yakunida ishtirokchilarga xalqaro darajadagi sertifikatlar topshiriladi.



Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab 14 ta texnikumda Muhandislik, Qurilish, Mehmonxona xo‘jaligi, Sayohat va turizm hamda Axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida BTEC kvalifikatsiyalarini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.
