PEDAGOG KADRLAR LONDONDA MALAKA OSHIRISH DASTURINI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLADI

29.10.2025

O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari dunyoda ta’lim sohasi bo‘yicha eng nufuzli oliygoh – UCL Institute of Education (QS Ranking by Subject reytingida 1-o‘rin) tomonidan tashkil etilgan “Bespoke Education and Teacher Education Workshops for the NPUU” malaka oshirish dasturini muvaffaqiyatli yakunladilar.

Ushbu dastur davomida ishtirokchilar zamonaviy ta’lim standartlari, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va universitet boshqaruvidagi innovatsion yondashuvlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti va UCL Institute of Education o‘rtasida uzoq muddatli strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga ham erishildi. Hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

  • o‘qituvchilar malakasini oshirish va kasbiy rivojlanish dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
  • o‘quv dasturlarini xalqaro standartlar asosida modernizatsiya qilish;
  • ta’limda innovatsion metodlarni joriy etish hamda maktablar bilan hamkorlik tizimini kuchaytirish;
  • zamonaviy universitet menejmentini takomillashtirish;
  • ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va yangi texnologiyalarni ta’lim tizimiga keng tatbiq etish.

UCL bilan yo‘lga qo‘yilgan ushbu dastur O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti uchun xalqaro tajriba almashish, ta’lim sifatini oshirish va global hamkorlikni kengaytirish yo‘lida muhim bosqich bo‘lib xizmat qilmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

nine − 4 =