PORTSMOUTH UNIVERSITETI PROFESSORLARI  BILAN  UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

07.03.2025

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Buyuk Britaniyaning Portsmouth universiteti professorlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Mazkur uchrashuvda xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi.

Portsmouth universiteti professorlari Peter Watkins va Gulsa Kutuk Ag bilan uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  1. Ingliz tilini oʻqitishni takomillashtirish boʻyicha hamkorlikdagi loyihalar, yangi oʻquv reja va dasturlar ishlab chiqish hamda sinovdan oʻtkazish;
  2. Ingliz tili oʻqituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etish;
  3. Hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid boshqa masalalar.

Uchrashuv samarali oʻtib, tomonlar kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida kelishuvga erishdilar.