Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Braziliya elchixonasining Fan, texnologiya va innovatsiyalar sektori rahbari Fabiano Burkhard bilan Zoom orqali uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi univesitet rahbar-hodimlari hamda Braziliyaning nufuzli Kampinas universitetidan tashrif buyurgan filologiya fanlari doktori, professor Simone Tiame Xashiguti ishtirok etdilar.



Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, qo‘shma taʼlim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilishdi.
Xususan, OʻzDJTUda portugal tilini o‘qitishni izchil davom ettirish, uning taʼlim tizimidagi mavqeini yanada mustahkamlash, hamda zamonaviy darsliklar yaratish va qo‘llash bo‘yicha aniq tashabbuslar ilgari surildi.


Oʻzbekiston va Braziliya oʻrtasidagi ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy konferensiyalar, seminarlar, madaniy va sport tadbirlarini tashkil etish borasida ham fikrlar almashildi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.