«PRESETT DASTURI» DOIRASIDA MILLIY FORUM O’Z ISHINI BOSHLADI
07.01.2026Britaniya Kengashining PRESETT dasturi doirasidagi Milliy forum ishini boshladi.
2026-yil 6-yanvar kuni Toshkent shahrida Britaniya Kengashining PRESETT dasturi doirasida “National Forum on the Modernisation of English Language Education” mavzusidagi milliy forum o’z ishini boshladi.





Tadbir O‘zbekistonda ingliz tili ta’limini, xususan bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan.
Forum Britaniya Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim , fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Unda mamlakat bo‘ylab bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlovchi 50 dan ortiq davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan 220 nafardan ziyod mutaxassislar ishtirok etmoqda.
Forum doirasida PRESETT tizimini modernizatsiya qilishdagi ustuvor yo‘nalishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinmoqda. Shuningdek, refleksiv amaliyot, inklyuziv ta’lim hamda PRESETT amaliyotlar hamjamiyati faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan trening mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
