PRESSETT TRENINGI O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI

25.02.2025

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida PRESSETT treningi bo‘lib o‘tdi. Treningning asosiy maqsadi – o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish jarayonini mustahkamlash, reflektiv amaliyotlarni chuqur o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etishdan iborat.

Mazkur treningda Respublika OTMlarining 160 dan ortiq professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov va Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Denise Waddingham kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Trening davomida quyidagi mavzular muhokama qilindi:

1) CPD va reflektiv amaliyotlar tushunchasi;

2) Metodologik dars namunasi va tahlili;

3) Til o‘rganish darslarida refleksiya;

4) O‘qitish amaliyotida refleksiya va rejalashtirish.

Treningda tajribali mutaxassislar – Nodira Isamuxamedova, Roza Ziryanova, Saida Irgasheva, Kamola Alimova va boshqalar ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan bo‘lishdi.

Ma’lumot uchun: bugun 25-fevral kuni ham PRESSETT treningi  o‘z faoliyatini davom ettiradi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one + 14 =