PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEV AQSH KONGRESSI VA SENATI VAKILLARI BILAN UCHRASHUVLAR O‘TKAZDI
06.11.20255-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahridagi tashrifi doirasida AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zolari Bill Xayzenga, Kerol Miller, Sidni Kamlager-Davni hamda Senatdagi Markaziy Osiyo bo‘yicha kokus hamraisi, senator Stiv Deyns bilan uchrashdi.


Muloqotlarda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, parlamentlararo aloqalarni kengaytirish hamda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.


Tomonlar Kongress va Senat doirasidagi kokuslar faoliyati ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilayotganini qayd etdi. Shuningdek, G‘arbiy Virjiniya, Michigan, Kaliforniya va Montana shtatlari bilan amaliy hamkorlikni kuchaytirish, ishbilarmon doiralar delegatsiyalarining o‘zaro tashriflarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuvlarda AQSH bilan yangi iqtisodiy bitimlar va investitsiya loyihalarini amalga oshirishga tayyorlik bildirildi hamda dolzarb mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.