PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEV NYU-YORK SHAHRIGA KELDI

20.09.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun Nyu-York shahriga keldi.

Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini AQSH Prezidentining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli, Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasining umumiy munozaralarida nutq so‘zlaydi, shuningdek, qator xorijiy mamlakatlar yetakchilari, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy tuzilmalar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazadi.