PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEV O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR BILAN MULOQOT QILISHI KUTILMOQDA
15.09.2025Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuradi hamda o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqot qiladi.

Tadbirda davlatimiz rahbari ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhiga davlat mukofotlarini tantanali topshiradi hamda ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchi va murabbiylarni yanada qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qiladi.
Tashrif doirasida tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish ham rejalashtirilgan.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.