PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEV O‘ZBEKISTON O‘QITUVCHI VA MURABBIYLARIGA BAYRAM TABRIGINI YO‘LLADI

01.10.2025

Bugun, 1-oktabr kuni, O‘zbekiston bo‘ylab O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev pedagoglarni bayram bilan tabriklab, ularning jamiyatdagi o‘rni va xizmatlarini e’tirof etdi.

Prezident o‘z tabrigida ustozlar mehnatini “eng ulug‘ va olijanob ish” deb ta’riflab, Yangi O‘zbekiston kelajagini yaratishda ularning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi. Davlat rahbari joriy yilda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan yutuqlar haqida ham to‘xtaldi.

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ta’lim sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Ta’lim va ilm-fanga ajratilayotgan mablag‘lar olti barobarga oshib, 378 trillion so‘mga yetdi. Yuzlab yangi bog‘chalar, maktablar, texnikum va oliygohlar barpo etildi. Maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga oshdi, tarbiyachilar va o‘qituvchilarning maoshi sezilarli darajada ko‘tarildi.

Maktab tizimida 12 yillik ta’lim joriy qilindi, bitiruvchilar uchun yagona davlat imtihonlari orqali texnikum va oliygohlarga kirish imkoni yaratildi. Oliy ta’lim muassasalari soni 77 tadan 202 taga, talabalar soni esa 1,5 million nafarga yetdi.

Kasbiy ta’limda xalqaro dasturlar joriy etilmoqda, xorijiy tillarni o‘qitish hajmi oshirilmoqda. Pedagoglarga ipoteka, o‘quv texnikasi xaridi va ta’lim uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi, davlat xizmatlari uchun to‘lovlar kamaytiriladi.

Prezident Mirziyoyev o‘z tabrigida ustozlar kasbining maqomi va obro‘sini oshirish bo‘yicha islohotlar izchil davom etishini, bu kasbni jamiyatdagi eng obro‘li sohaga aylantirish ustuvor vazifalardan biri ekanini alohida ta’kidladi.

“Uchinchi Renessans bunyodkorlarini siz, azizlar tarbiyalaysiz”, – deya ustozlarga murojaat qildi Prezident.

https://president.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four × 3 =