PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEV XALQARO FORUMDA NUTQ SO‘ZLADI
17.09.2025O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Kambag‘allikdan farovonlik sari” mavzusidagi III xalqaro forumning ochilish marosimida nutq so‘zladi.

Namanganda kambag‘allikni qisqartirishga bag‘ishlangan uchinchi xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Islom taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, JICA, Jahon banki va BMT vakillari, shuningdek 30 dan ortiq nufuzli tashkilot va 200 ga yaqin xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
Forumda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Prezidenti mamlakatda kambag‘allikka qarshi kurash davlat siyosati darajasiga olib chiqilgani, 7,5 million aholi kambag‘allikdan chiqarilgani, daraja 2024-yilda 8,9 foizga tushgani va 2030-yilgacha mutlaq kambag‘allikka barham berish rejalashtirilayotganini ta’kidladi.
Kambag‘allikni qisqartirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida doimiy ish o‘rinlari yaratish, ta’lim va kasb-hunarni rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, sifatli tibbiyot va ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish, infratuzilmani yaxshilash hamda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish belgilandi.
Shuningdek, 2026-yilda Xiva shahrida kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha yirik xalqaro konferensiya o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.