PREZIDENTIMIZ «MARKAZIY OSIYO – ITALIYA» SAMMITID A HAMKORLIKNING USTUVOR YO‘NALISHLARINI BELGILAB O‘TDI

31.05.2025

30-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etdi.

Tadbir Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o‘tkazildi.

Sammitda Markaziy Osiyo davlat rahbarlari va Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni ishtirok etib, investitsiyalar, texnologiyalar, “yashil” iqtisodiyot, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Prezident Mirziyoyev o‘z nutqida Yevropa bilan strategik hamkorlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidlab, doimiy ishbilarmonlik muloqoti uchun “Markaziy Osiyo – Italiya” biznes klubi, ilmiy-ta’lim konsorsiumi hamda turizm alyansi tashkil etishni taklif qildi.

Qayta tiklanuvchi energetika, vodorod texnologiyalari, yuqori texnologik ishlab chiqarish va infratuzilma modernizatsiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorlik bildirildi.

Sammit yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × two =