PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIRZIYOYEV VA VENGRIYA BOSH VAZIRI VIKTOR ORBANNING MUZOKARALARI BO‘LIB O‘TDI
20.05.2025O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning tor doiradagi va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘td.

O‘zbekiston-Vengriya strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Jumladan, madaniy-gumanitar sohadagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Kelgusi yilni O‘zbekiston va Vengriya madaniyati yili deb e’lon qilish taklifi bildirildi.


Ta’lim almashinuvi bo‘yicha “Stipendium Hungaricum” dasturi doirasidagi hamkorlik davom ettiriladi. Shuningdek, ikki mamlakatda tan olinadigan diplomlar berish tizimini joriy etish va mamlakatimizda Vengriya oliy ta’lim muassasalarining filiallarini tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Shu ma’noda, joriy yilda Toshkent shahrida O‘zbekiston va Vengriya rektorlarining uchinchi forumini o‘tkazish taklif qilindi.


No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.